Mansur
April 22, 2024

Sarlavhasiz nimadir...

Bugun ilk uzoq masofaga sayohat qilaman. Qozogʻistonga. Ha oʻsha koʻp qismini suv bosib yotgan qozoq eliga, Rudniy shahriga.
Sayohat mashina bilan oilaviy. Toʻy bahona sayohat.

Koʻp qismini suv bosgan boʻlsa ham hayot toʻxtamaydi. Tabiiy ofatlar boʻlib turishi tabiiy albatta.

Rudniyda ham suv toshish xavfi mavjud. Chunki shahardan oʻtadigan Tobol daryosi sathi ham koʻtarilganligidan xabar qilishgan. Bu daryo suvining sathi koʻtarilgani oqibatida Rossiyaning bir nechta hududlarida suv toshqini boʻlyapti.

Hay qiziqda, bir tajriba. Koʻraylikchi.

ChatGPT/ Super Describe

Dilni xira qilib, koʻzimga ham govmichcha chiqqan. Tezlatyapmiz jarayonni. 😁

Hozir soat 21:00. Qarindoshlar Navoiydan chamasi beshlarda yoʻlga chiqishgan. Men Uchqahramondan ilashishim kerak. Lekin hozircha ishdaman. Yoʻq ish emas-u, Adliya vazirligiga intellektual mulkimizga dahil qilganlarga chora koʻrishini soʻrab, xat yubordim. Har holda bir necha yillik mehnat, hali oldinda katta-katta rejalarimiz bor, bunga yaʻni Laluʻga bogʻliq.

Aynan shu intellektual mulk oʻta muhim narsa, nazarimda. Aynan shu sabab innovatsiyalarga boy, yangi dunyodamiz. Aynan shu hodisaga jiddiy qarashim kerak.

Sen kimnidir huquqini buzar ekansan, albatta seni ham huquqing buzilajak. Menimcha, hozir raqamli dunyoda kontentchilarning eng katta dushmani aynan shu koʻchirmakashlar boʻlsa kerak.

Hay, endi boraylik, albatta davr kelib, intellektual mulk haqida ham yozaman. Va navbatdagi postlarim albatta Qozogʻistonga sayohat toʻgʻrisida boʻladi. 😊