Mansur
January 15

Elak va suv

Sarlavhani o'ylamasdan, "Elak va suv" deb nomladim, ajoyib-a. :)
"Gʻalvir va suv" deb nomlamoqchi edim, hozirgisi shunday hayoldan oʻtdi, balki "Sarhisob" deb nomlansa ham boʻlardi. Elak va suv qiziqroq shekilli. Bu koʻnikma Avitsenna.uz va boshqa shu kabi saytlarimdagi maqolalarga sarlavha tanlash, bunda tashqari uni qidiruv tizimlariga moslashtirish (SEO. Hozir shunday deyiladi, menimcha biron 5-10 yilda umuman bu yoʻqolib ham ketsa kerak, boʻlib ham Comet kabi brauzerlar paydo boʻlayotgan bir davrda) jogʻida shakillangan. Elak, suv esa, oʻsha doimiy, imtihon yili yoki imtihon davri yaqinlashganda kattalar tomonidan aytiladigan "Gʻalvirni suvdan koʻtaradigan davr ham keldi" iborasidan.

Endi mana 2025-yil ham oʻtdi, umuman olganda yomon emas, yaxshi. Nimalar boʻldi, shaxsiy hayotimda keskin burilishlar boʻlmadiku, nisbatan bardavomlik yuz berdi. Ukam, singlim oilali boʻldi, ketma-ket, nabati bilan. Hayot shunaqa.
Avvallari, mening yoshligim oʻtgan chogʻlarda yilning oʻziga yarashgan nomlar va shiorlari boʻlardi, "Keksalarni eʻzozlash yili", "Homiylar va shifokorlar yili" va hokazo. Umuman, juda-juda koʻp nomlanish boʻlardi. Shunga monand men ham bu yilni shaxsiy nuqtai nazaridan "Oila yili" deb atasam boʻlarkan, albatta "Xotinaka" bilan kelishilmagan nom bu. :)

Oʻzimiz va Samira uchun koʻproq taʻsurot yaratishga imkon qadar harakat qildik. Mavsumga bogʻliq holda bogʻ-u xiyobonlardan, togʻ-u toshlarga, muzeylardan sirklargacha bordik. Oyiga kamida bitta shu kabi taasurot va dunyoqarashni kengaytiradigan maskanlarga tashrif buyirdik. Eng esda qolarlisi, "Amerika sirki" va "Qarsildoq" baleti boʻldi, men uchun, lekin sirkda Samira deyarli boshdan-oxir uxladi. Baletda esa, yosh cheklovi borligi uchun olib bormadik, amma albatta Samira ham koʻrishi kerak, degan yakdil fikrga keldik.

Kasb va shaxsiy rivoj tomonidan optika ochish yoʻlida bir nechta qadamlar tashladik, biroz oʻrganish ham boʻldi. Nasib etsa, 2026-yilda bu boʻyicha ham bitta optika ochishni maqsad qildim. Kasb yuzasidan hali ham oʻsha joyimda ishlayapman, keskin siljish yoʻq, qaytomon suzishni aniq bilmayman, afsuski.

Hozir Notionʻni ochib koʻrdim, 2024-yil uchun yozilgan rejalar bor ekan, lekin koʻpi bajarilmagan, lekin men 2026-yil uchun yana uni tahrirlayapman, umuman tahrirlamoqchiman. Xoʻsh, mana shu blogni yozish orqali 2026-yilga realistik rejalar yozib, uning sarhisobini ham keyingi yil soʻngida bir yozish niyatim bor. Lekin bir yillik rejadan tashqari, oila va shaxsiy rivojlanish boʻyicha 5 yillik strategik reja ham ishlab chiqish niyatidaman, buning uchun balki biroz muddat ketib qolar, amma vaqtga va resursga arziydi chamamda.

Rejalar va istaklarning oʻzaro nomutanosibligi ham aynan gʻalvir suvdan koʻtarilayotgan paytda odamni biroz xafa qiladi. Shuning uchun reja va maqsadlar qoʻyishda realistik va koʻp narsa kutmasdan, perfeksionistlikni yigʻishtirgan holatda yozmoqchiman. Koʻramiz. Keyingi yil albatta yaxshiroq, sarhisob yasayman deb oʻylayman.

Umuman olganda, bu yil ham yomon boʻlmadi, bir nechta, jumladan shaxiy moliyani yurgʻazish boʻyicha anchagina koʻnikma va odatlar shakllantirib oldim. Ichki sayohatlar va mashina haydash koʻnikmasini oshirdim (2 marta GAIga, 1 marta multiradarga jarimaga tushishga ham ulgurdim, va bu oʻrtacha bir yil uchun yaxshiroq koʻrsatkich, bundan ham yomon boʻlishi mumkin edi, har holda guvohnomani imtihonlarni oʻzim topshirib olganim naf berdi). Mashina bilan oilaviy borar joylarimiz yaqin boʻldi, koʻp boʻldi, kelgusi yili ham koʻp boʻlishini rejalashtirmoqdaman. Bir necha marta Toshkent-Navoiy-Toshkent yoʻnalishida yurdim. Keyingi yilda bu yoʻnalish oshadi, nasib.

Hay umuman, bu yilda tushirilgan rasmlarni joylasam qalay. Kirib kelayotgan yangi yil barchamizga muborak boʻlsin!

3.01.2025 / Shu maslahatga yil davomida imkon qadar amal qilishga harakat qildik, ayniqsa oxirgi bir oyda. :)
22.01.2025 / Yaralangan qush hamon uchmoqda... / Toshkent. Qorasuv kanali.
25.01.2025 / Ular juda tez ulgaʻyishadi.
20.02.2025 / Ular juda tez ulgaʻyishadi.
23.02.2025 / Ular
17.03.2025 / Soʻrgʻichli kunlar.

20.03.2025 / UZB - KGZ futbol
30.03.2025 / Yor-yor.

https://photos.app.goo.gl/LUEoh9D4DJZ3J2Kd6

6.04.2025 / Moychechak va nafas mashqi

13.04.2025 / Chinorkent
Doʻst-u dushman
19.04.2025 / Samira va yongʻoq.
21.04.2025 / Bahor va qushlar.
Suren ota togʻi sari yoʻl. / 26.04.2025
Apple iPhone 15 Proƒ/1,781/26046,765 ммISO 80 / 41°24'15.2"N 69°53'22.5"E
41°24'14.4"N 69°53'19.3"E
May/2025
"Karvon koʻrdim..."
"Soʻqmoqda yolgʻiz..."
Masalan...
Iyul/ Soʻqoq
Iyul / Nanay
Kreativ reklama / Metroga kirish
Uy
Botanika bogʻi / Avgust
Soya / Avgust
Musaffo osmon
Toʻy
Sharlar
Mashina
Onalar va bolalar
Yolgʻizlik...
Kuz.
Yoshlar ijod saroyi. :)
Sanʻat
Toʻy
Qish / Deer hills
Qish / Qorbobo
Qish / Qor / ABC
Chana.
Gʻor / Muzey
Eksponat.
Sanʻat
Qarsildoq / Qaytish
Yil sarhisobi / Oʻylar
01.01.2026 / Navoiy