August 30, 2021

Charchoq & zavq

Ha, rost. Ba'zan charchaydi odam!

Yaxshiyamki, zavq bor, zavqlana olish qobilyati bor odamning. Tanlov o'z qo'lingda, o'z xohishingda!

Charchoqni his qilmaslik uchun lahzalardan zavq izla. Yo'q, zavqning izidan quvma, shunchaki, atrofingni kuzat, o'zingni kuzat. Bo'ldi, shugina xolos.

Topish zarurat bo'lsa, atrofingdan ham zavq uchqunlarini topasan.

Faqat o'sha kichik, hali porlamagan uchqunni alangalatish, uning yog'dusini horg'inlik tumanidan ustun holda porlatish o'zingga bog'liq.

Ne istasang shu!