Sayohat
Today

Suren Otadan Moviy togʻlargacha Boku orqali...

"Hayot o‘tib bormoqda, yillar daryo suvidek shiddat bilan oqib o‘tib ketmoqda..." "Oqimning tezligidan qat’iy nazar, yashayotganimni, yashaganimni, yaxshi yashaganimni eslatib turadigan narsalar bor. Bulardan eng muhimi — shaxsiy arxivim." - Prof. Sherzod.

Men ham shu maqsadda doim ushbu blogni yuritaman. Bilasizlar. Bilaman, oʻzimdan boshqa kamdan-kam odam oʻqiydi postlarimni. Shu uchun ham bemalol shaxsiy arxivimni yaratishim mumkin bu yerda.

Oxirgi marta yanvar oyiga bagʻishlab post yozgan va rasmlarni tartiblab chiqqan ekanman. Hozir - may. Mayning ham oxiri - yigirma oltinchisi. Arafa. Ertaga Hayit. Bayram.

Demak, bu davr ichida juda koʻplab kunlarni, voqeliklarni, hodisalarni boshimizdan kechirdik. Menimcha, ularni qismlarga boʻlib, tayyorlash yoki arxivlash maqsadga muvofiq. Yoʻqsa, post uzunligidan, rasm va videolar koʻpligidan odam zerikib ketadi.

Umuman olganda, oʻtgan kunlarda koʻpdan beri reja qilib yurgan - chet el boʻylab avtosayohatni amalga oshirdik. Oilaviy - men, Samira, uning onasi va koʻksidagi jajji "ninicha". Juda chet elmasku-ya, atrofimiz, Qirgʻiziston va Qozogʻiston.

Bundan tashqari, unga tayyorgarlik sayohatlatlari, unga umumiy tayyorgarlik va undan keyingi sarguzashtlar juda koʻp boʻldi.

Bugungi seriyada katta sayohatga kichik qadamlar bilan olib borilgan tayyorgarlik va Qirgʻiz yurtiga chiqishdan oldin vodiy boʻylab qilgan sayohatimiz haqida yozsam, maqsadga muvofiq boʻladi.

Avvalgi postimdan yozib oʻtganimdek, vodiy boʻylab sayohat zamirida ham "Dovondan oshish"ni oʻrganish, uning haybatini his qilish va unga boʻlgan reaksiyamni aniqlash kabi motiv yotardi. Shunga oʻxshab, fevral oyida "Sayohatchi guruhim" bilan "Suren ota togʻi"ga chiqishga ahd qildik. Yoʻl Juduruq MFYʻdan keyin juda-juda yomonligini bilar edim. Avval ham 3 marta borganman. Muammoga qaramay, yoʻlga otlandik, va tekis asfalt tugab, dugʻurdik yoʻllar boshlangandan keyin tezlikni 10-15 km/s tushirishga majbur boʻldim. Va sekin-asta ildamladik. Lekin oxirgi manzilimizga qadar yeta olmadik, chunki yoʻlning maʻlum qismidan keyin yoʻl toʻliq qor ekan. Va biz sekin ortga qaytishga qaror qildik.

Juduruq MFYʻdan keyingi tepaliklar.
Toʻxtab orqaga qaytishni lozim topgan nuqtamiz.
Qorlar...

Keyingi seriyalarda "Suren ota togʻi"ga borganimiz haqida ham yozaman, nasib.

Avvalboshdan, shaxsiy rejam boʻyicha avtomobildan sayohat edi. Keyinchalik rejalar biroz oʻzgarib, marshurtga samalyot ham qoʻshildi, keyin mashina toʻliq tushib qolib, jamoat transporti va samalyot boʻlib qoldi.

Pishgan rejam boʻyicha: Toshkent - Chimkent (avtobus yoki taksi), Chimkent - Aktau (Samalyot - Scat), Aktauda 7-10 kun dam olib keyin Aktau-Baku reysi bilan Bakuga, u yerda 5-7 kun qolib, poyezd bilan Gabala, Sheki, Ganja, Baku qilib, 8-10 kunlik marshurt tuzgan edim. Lekin rejalashtirilgan kunlarimizdan oldin Eronda urush boshlanib qolgani va Ozorboyjonning Naxchivan hududidagi aeraportga ham Eron dron-raketalari qulaganligi sababli (balki hujum qilinganligi sababli), rejalarimiz keskin oʻzgarib ketdi. Barcha biletlarni va Booking, Airbnb bronlarni bekor qildik. Qaytarib boʻladigan biletlarni qaytardik, baʻzilari kuydi, lekin bizning reja boshqacha tush olib - boshidagi holatdek - avtosayohatga koʻchdi.

Sayohat uchun astaqadi deb metro va poyezd liniyalarini oʻrganib chiqayotgan edim.

Boku metrosi xaritasi.
Ozorboyjon temir yoʻllari sxemasi.
Airbnb

Shunday qilib, Baku rejamiz amalga oshmay qoldi. Yangi rejalar haqida keyinroq. Hozir oyning chiroyli suratlari yoki tabiat hodisalari.

Qorasuv osmoni
Moviy togʻlar
Moviy togʻlar hududi
Juduruq yalangliklari
Moviy tog'lar / Samira va sevimli toshlari :)
Odamlar va bo'rilar / Fayzulla Ahmadaliyev
Bir kuni Xivada / Fayzulla Ahmadaliyev
Boʻri / Fayzulla Ahmadaliyev
Osiyo (1990) / Muxtarxon Isanov
Sandiq / Rixsitilla Akramov (Menimcha, Oʻzbekiston Gallereyalaridagi senzurasiz surʻat. Qirgʻiz va Qozoq gallereyalari bu borada ancha erkin ekan, nazarimda. Balki biz shunaqa koʻrgazmaga toʻgʻri kelgandirmiz balki, kim bilsin.)
Qadimiy Buxoro lavhalari / Fayzulla Ahmadaliyev
Fayzulla Ahmadaliyev sanʻati va Samira
Baxtli bolalik / Muxtor Ablakulov
Baxtli bolalik / Moviy togʻlar
Asarlar...

Shu bilan fevral ham yakun ekan.:)

Endi mart-aprel haqida yoki Qirgʻiziston-Qozogʻiston sayohati haqida yozishim kerak. Keyingi post albatta u haqida boʻladi.