Qozog'iston | Rudniy shahri | Sayohat
So'ngi vaqtda juda ko'p hodisalar bo'ldi ham dunyoda ham oilada.
Hozir oilaviy Qozog'istonga sayohatimiz, sayohatdan olgan taasurotlarim, tarix uchun turli fotosuratlar muhrlab qo'yishni niyat qildim. Sayohatnoma yozish bo'yicha tajribam yo'q. Har holda bu professional sahifa emasku.
Sayohatimiz O'zbekiston-Qozog'iston G'istko'prik chegara postida 12 soat navbat kutish bilan boshlandi. Aytishlaricha, mashina bilan ba'zida 1 soatga qolmay chegaradan o'tishing, ba'zida esa 24 soatlab kutib qolishing mumkin ekan.
Sayohat ayni bahorda yomg'ir ham lolalar ham bor paytda boshlandi.
Juda-juda olisni, tugamas kenglik oilaviy suhbat, hazil-huzul qilib bosib o'tdik. Bu masofa, bu ba'zida qiziq, ba'zida zerikarli, monoton kenglik odamning hajm haqidagi miya modellariga "dars" beradi.
Redniygacha bo'lgan yo'lda juda kam aholi punktiga duch keldik. Aholi punktlari oralig'i ham juda uzoq-uzoq. Ba'zi joylarda yo'lning ikki cheti yoki yo'ldan ancha uzoqda kichik-kichik ko'lmaklarga ko'z tushadi, menimcha bular suv toshqinidan qolgan "asoratlar". Ahyon-ahyon "zapravkalar" chiqadi, lozim bo'lganda shulardagi do'kon yoki hojatxonadan foydalandik.
Hikoyam o'zim uchun qanaqadir qiziq chiqmayapti-ya, negadir. Demak boshqacha yondashish kerak . Hay demak bunday qilaylik.
Qarindoshlar hammasi sog'-omon. 80dan oshgan Sadu qudabobo 90ga kirib, Pradoli bo'lmoqchi, yazna o'zi bilan o'zi ovora, ammam hamma bilan ovora, Aziza o'zi bilan, Avez kelin bilan, Feruza, Mo'ldir esa to'y bilan ovora. Xullas, shunaqa holatni his qildim. Endi esa, rasmlar va qisqa eslatmalar yozib ketay. Hammasi zerikarli bo'lmasin.
To'y, qiz uzatish, mehmon kutish va boshqa hamma tadbirlar ajoyib o'tdi, umuman gap bo'lishi mumkin emas. Faqat bir narsani o'yladim, agar bu kabi to'ylar bizda ham urfga aylansa, ko'pchilikning moliyaviy jihatdan "beli sinadi", menimcha.
Tadbirlar orasida istalgan bitta yo'nalishdagi avtobusga chiqib, ancha masofa yurgandan so'ng tushib, ko'chalarni aylanishga kirishdim.
Avtobuslar juda eski, o' o'sha, ota-bobom yoshligida mingan avtobuslar.
Shaharda xuddiki ikki davr to'qnashayotganga o'xshaydi. Sovet davridagi avtobuslar, muhit, lekin to'lov onlayn - Kaspi orqali. Toshkentda ham endigina joriy qilingan ta'rifli tizim eski avtobuslarda ham ishlar ekan. Ja Toshkentchalik emasu, lekin naqd va naqdsiz to'lov orasida farq bor ekan. Menimcha, bu biznesning kuchi. O'zbekiston fintech bozori fenomenal hodisa bo'lganidek (Paynet, Click, Payme va hkz), u yerda Kaspi hamma narsa.
50 metr farq bilan eski bekatdagi muzqaymoqxonani (Balmuzdaq) ham zamonaviy kofeshoplarni ham uchratish mumkin.
Kichik, iqtisodiyoti faqatgina og'ir sanoatga bog'langan shaharda yuqoridagi kabi "qoldiq" e'lonlar taxtasini, eski uyning birinchi qavatini egallagan markaziy kutubxonasini ko'rib, avvalgi davrlar esga keladi. Shu bilan birga jamoat tashkilotlariga, jumladan kutubxona va muzeyga ilingan mana bu kabi ko'rsatkich esa, juda ajoyib. Xattoki Toshkentdagi davlat yoki jamoat tashkilotlarida ham bu kabi tashabbusni ayni zamonda kamdan-kam uchratasan kishi. (2019-yilda bu bo'yicha ishlar boshlanishi aytilgan ekan. Shu bahona muzeyga ham borarmiz.)
Kichik shaharda mana bu kabi tashlandik binoda, bizda 2022-yild rasmiy yopilib, ayni kunda yana qayta ko'payib qolgan (23 ta ekan. Oxirgi 23-si uyimiz yaqinida Qorasuv-1'da aprel oxirlarida ochilgan edi.), asosan podval, asosiy binoning ikkinchi yoki uchinchi qavatida joylashadigan Fix Price kabi mashhur do'konlarni ham uchratish mumkin.
Uylar oralab yurarkansan, yuqoridagi kabi milliylik ruhiga yo'g'rilgan (milliy ornament) uylarni va quyidagi kabi ikki qavatli "faoliyatini tugatayotgan" turar joylarni ham ko'rish mumkin.
Shaharda mana bu kabi noyob beztilgan, o'zgacha ko'rinishdagi dorixona bilan bir qatorda xaroba uyda ochilgan "Stomatologiya"ni ham uchratish mumkin.
Yuqoridagi dorixonani ko'rib, juda qoyil qoldim. Toshkentda dorixonalar juda-juda ko'p bo'lsada, hech bu kabi noyobini uchratmaganman. Hattoki, eng raqobatli bo'lgan umumiy ovqatlanish tarmoqlarida ham bu tashqi ko'rinishga bu kabi yondashganini hozircha ko'rmadim, chamamda. Balki bordir, bitta-ikkita. Lekin aniq bilan dorixonalarda bunaqasi yo'q. Yerto'lada, hatto undan ham pastroqdan dorixona ochsang ham
daromad o'laroq gullab-yashnayotgan dorixona egasi hechqachon bu ko'rinishda mijozlarni jalb qilmas.
Nurayotgan (aniqrog'i, tugayotgan) devorlani, ularga chizilgan san'at na'munalarini ko'rib, xafa yoki xursand bo'lishingni ham bilmaysan kishi. Street art ham har holda san'at. Ko'cha san'ati ustalariga imkon berish, asarlarini hurmat qilish lozim.
Yaxshiki, oxirgi yillarda bu kabi ahmoqona ishlar kam qilindi. Balki ko'cha rassomi katta tadbir uchun asar yaratibdi, qoyil.