Tabiat, koʻproq tabiat
Yangi yilning yanvar oyi ham yakuniga yetdi, yoki tugaganiga yetti kun bo'ldi ham. Oy yomon bo'lmadi, har doimgidek, ish-uy-uy-ish yo'nalishidan tashqari, shanba-yakshanba kunlari imkon qadar xotiralar yaratishga harakat qildim, qay darajada epladim, umuman yaxshi, deb o'ylayman. Bir qancha bormagan joylarimga, yo'llarimga qadar bordim, kichik sayrcha ham qildim. Oy asosan ota-onam, aka-ammalar mehmonligi bilan oʻtdi. Juda mehmondorchilik emasku-ya, lekin esda qolari shuda.:)
Yanvarda shu suratlarda ifodalangan voqea va hodisalar yuz berdi. Bu suratlar ishdan keyin asosan shanba-yakshanba kunlari qayerlargadir qilingan kichik sayohatchalarimizdan xotira.
Yanvarda dadam birinchi marta teatrga tushdi, akam bilan yoshlik xotiralarini eslab, Angrenga borib keldik, yoʻllar qor ekan, qorli yoʻlda shahar kezdik, ayolim va qizim bilan tabiat muzeyiga bordik, garchi Samira tez-tez, yoki qoʻrqqanidan yoki zerikkanidan "Kett-ttt-ttik-kettik", deya tinmagan boʻlsada, bu oy shunday sarguzashtchalar bilan oʻtdi.
Asosan, sayohatchilarning va "van life"chilarning videokontenti bilan oziqlandim, yanvar oyida. Va borgan sari bu kabi yoʻnalishga qiziqishim ortib bormoqda, albatta, avval ham hozir ham avtouyga qiziqishim bor. Nasib etsa, oilaviy avtouy bilan sayohat qilmoqchimiz. Va albatta uni ham blogga yozaman, balki vlog tarzida raqamlashtirarmiz. :)
Shu bilan birga yanvar oyi qorlarga boy boʻldi, bir necha marta Toshkentda, shuningdek butun respublika boʻyicha ham yaxshigina qor yogʻdi, shekilli. Qish qishligini, yoz yozligini, har fasl oʻziga mos va xos boʻlgani yaxshida. Eng kamida kitoblardagi tasvirlar va real fasllar orasida keskinlik boʻlmasa, bolalar ham qiynalishmaydi-da.
Shu bilan yanvar tugadi. Bir qarab chiqaychi, yana qachondir koʻrish muhim boʻlgan videolar bormikan, agar boʻlsa, pastda ulashaman, bu oʻzim uchun.
CouchSurfing - https://youtu.be/j-DrPIjhais?si=iu92p1vvpmanTaNL Avtostop haqida avvalroq eshitgan edim, lekin CouchSurfing haqida umuman eshitmagan ekanman, bu ham minimal harajat bilan sayohat qilish imkonini beruvchi xizmatlardan biri ekan, videoda oddiy shaharda kuryerlik qiladigan qozoq yigitining shu platforma atrofidagi fikrlari bayon etilgan, qiziq.
https://youtu.be/KyfUysrNaco?si=SmVMVapq-UEvpVUw - Naval Ravikant bilan suhbat, bu suhbatning matnini ChatGPT bilan tarjima qilib, oʻqib chiqdim, https://youtu.be/3qHkcs3kG44?si=Nye5m1axXmDKtzfu avval buni keyin yuqoridagini oʻqib chiqdim. Qiziq.